NBU (O‘zmilliybank) Toshkentdagi barcha ayirboshlash shoxobchalarida Xitoy yuanini sotib olish va sotishni boshladi.
Bank matbuot xizmatiga ko‘ra, bu 1 iyundan kuchga kirgan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi vizasiz rejim fonida joriy etildi.
Qayd etilishicha, xorijlik mehmonlar va mahalliy aholiga qulaylik yaratish maqsadida yuan ayirboshlash xizmatlari Toshkent xalqaro aeroportida ham joriy etilgan. U yerdagi shoxobchalar kunu-tun ishlaydi.