Bugun 13 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonda bolaga ota ismini familiya sifatida berishga ruxsat etilishi mumkin

O‘zbekistonda bolaga ota ismini familiya sifatida berishga ruxsat etilishi mumkin

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Mazkur qonun loyihasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish, davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, shuningdek, ilgari qonuniy imkoniyati mavjud bo‘lmagan amaliyot — bolaga ota ismini familiya sifatida berish tartibini joriy etish nazarda tutilmoqda.

Shu bilan birga, «O‘zarxiv» agentligi tizimini optimallashtirish, arxivlarning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi uchun huquqiy asoslarni belgilash, arxiv tashkilotlarining huquqiy maqomi va faoliyatini tartibga solish hamda arxiv hujjatlarini elektron shaklda saqlash mexanizmlarini takomillashtirish ko‘zda tutilgan.

Majlisda ta’kidlanishicha, qonun loyihasida nazarda tutilgan normalar aholi va tadbirkorlik sub’ektlari uchun biznesni boshlashda ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni qisqartirishga, lisenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish jarayonlarini soddalashtirishga xizmat qiladi.

Xususan, loyiha bilan «Biznesga lisenziyasiz kirish» maxsus rejimi joriy etilib, lisenziya yoki ruxsatnoma talab etiladigan faoliyat turlari bo‘yicha 3 oygacha o‘tish va moslashish davrini belgilash taklif etilmoqda.

Muhokamalar davomida deputatlar qonun loyihasi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, ayrim normalar bo‘yicha qonun tashabbuskorlariga aniqlashtiruvchi savollar berdi hamda hujjat matnini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar ilgari surdi.

Muhokamalar yakunlariga ko‘ra, qonun loyihasi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Kiritildi: Bugun 20:11. O'qildi: 439 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!