Bugun 4 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonda Belarus oliy o‘quv yurtlarining filiallari ochilishi mumkin

A A A
O‘zbekistonda Belarus oliy o‘quv yurtlarining filiallari ochilishi mumkin

O‘zbekiston elchisi Rahmatulla Nazarov Belarus ta’lim vaziri Andrey Ivanes bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo".

Suhbat davomida Belarus tomoni prezident Aleksandr Lukashenkoning joriy yil 7-9 fevral kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrifi yakunlarini yuqori baholadi. Tashrif yakunlari bo‘yicha maktabgacha va maktab ta’limi sohasida erishilgan kelishuvlar alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, belgilangan vazifalarni bajarish bo‘yicha ishlarni faollashtirish zarurligi qayd etilib, "Yo‘l xaritasi" va ta’lim sohasidagi hamkorlik dasturi bandlarini amalga oshirishning borishini muhokama qilishga tayyorlik bildirildi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekistonda Belarus oliy o‘quv yurtlarining filiallarini ochish, mamlakat hududlarida kasb-hunar ta’limi sohasida "pilot loyihalar"ni amalga oshirish hamda ishchilar, menejerlar almashinuvini tashkil etish hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari ekanligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida ikki davlat vakolatli organlari o‘rtasida muhokama qilingan masalalarni batafsil o‘rganish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Kiritildi: 12:24 18.03.2024. O'qildi: 1282 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!