Kecha investisiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov “Airbus”ning Yevropa bo‘yicha prezidenti Yoxan Pelissi bilan uchrashuvda shunday kelishuvga erishdi.
Unga ko‘ra, Toshkent davlat transport universitetida kompaniya bilan hamkorlikda uchuvchilarni tayyorlashga oid dastur ishlab chiqiladi.
Shuningdek, muloqotda O‘zbekiston samolyotlar parkini modernizasiya qilish va kengaytirish orqali turistik oqimni oshirishga alohida e’tibor qaratildi.