Bugun 7 may, 2026 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonda aholining real daromadlari oshgani ma’lum qilindi

A A A
O‘zbekistonda aholining real daromadlari oshgani ma’lum qilindi

Markaziy bankning ma’lum qilishicha, davlat sektorida oylik ish haqi va pensiyalar, shuningdek, ijtimoiy transfertlarning oshirilishi aholi real daromadlarining 10,7 foizga o‘sishiga zamin yaratdi.

Qayd etilishicha, aholi daromadlari o‘sishiga mutanosib ravishda iste’mol talabi ham ortib bormoqda, bu iste’mol tovarlari ishlab chiqarish va chakana savdo aylanmasida o‘z ifodasini topmoqda.

Xususan, 2022 yilning 9 oyida iqtisodiyotda iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi 27 foizga, chakana savdo aylanmasi esa 10,8 foizga o‘sgan.

2022 yil oxirida YAIMning o‘sishi prognoz koridori doirasida 5,2-5,8 foiz (oldingi prognoz 5-5,5 foiz edi), deyiladi hisobotda.

Kiritildi: 14:45 28.10.2022. O'qildi: 2299 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!