Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonda abituriyentlarga ruxsatnomalar berish boshlandi

O‘zbekistonda abituriyentlarga ruxsatnomalar berish boshlandi

O‘zbekistonda 2024/2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga abituriyent ruxsatnomasini berish boshlandi. Bu haqda Bilimni baholash agentligi xabar berdi.

Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyent ruxsatnomasini “my.uzbmb.uz” saytiga shaxsiy identifikasiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin. @sinovtestuz_bot orqali esa abituriyentlar diagnositika testlarini bepul bajarib ko‘rsa bo‘ladi.

Avvalroq O‘zbekistonda 2024/2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etish uchun 894 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Bilimni baholash agentligiga ko‘ra, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tish talablarini to‘liq bajargan 805 688 nafar abituriyentga test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat berilgan.

Kiritildi: 08:52 09.07.2024. O'qildi: 1258 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!