Prezident raisligidagi yig‘ilishda ta’kidlanishicha, 2024 yili oziq-ovqat sanoatida kamida 100 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish va 1 milliard dollar eksport qilish reja qilingan.
Lekin oziq-ovqat yo‘nalishidagi ayrim korxonalar aylanmasi uchun mablag‘ ola olmagan, ayrimlari sifat bo‘yicha raqobatga bardosh berolmagan, tejamkor texnologiya o‘rnatmagani uchun tannarx baland bo‘lgan.
Shu kabi, oziq-ovqat yo‘nalishidagi 20 ta yirik korxona xom ashyo yetishmasligi, mahsulotiga bozor topish va aylanma mablag‘ muammolari sababli quvvatlarini yarmini ham ishlatayotgani yo‘q.
Mutasaddilar, hokimlar yangi loyiha qilish uyoqda tursin, tayyor korxonalarga ko‘mak berishni o‘ylamayotgani ko‘rsatib o‘tildi.