O‘zbekistonda 2023 yilda 3575 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi, bu 2022 yilga (3116 nafar) nisbatan 14,7 foizga ko‘p.
Bosh prokuratura matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, hukm chiqarilgan mansabdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari soni 3412 tani tashkil etgan yoki 2022 yilga nisbatan (2965 ta) deyarli 15,1 foizga ko‘paygan.
Sudlanganlarning 49 tasi (2022 yilda 110 tasi) vazirlik, idora va tashkilotlarning respublika, 267 (264) tasi viloyat va 3259 (2742 tasi) tuman (shahar) bo‘linmalari xodimlaridir. Mansabdor shaxslar quyidagi jinoyatlari uchun javobgarlikka tortilgan:
Lavozim jinoyatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga, hisob-kitoblarga ko‘ra, 1,546 trillion so‘m (2022 yilda — 1,12 trillion so‘m) miqdorida zarar yetkazilgan bo‘lsa, dastlabki tergov jarayonida 1,31 trillion so‘m (847 milliard so‘m) undirilgan. Qoplangan zarar ulushi 84,7 foizni tashkil etgan (2022 yilda — 83,6 foiz).