O‘zbekistonda 2016—2023 yillarda ro‘yxatdan o‘tgan OAVlar soni 41 %ga oshdi. Agar 2016 yilda 1 514 ta OAV ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, 2023 yilga kelib ushbu ko‘rsatkich 2 140 taga yetdi.
Xususan, ro‘yxatdan o‘tgan jurnallar soni 2 baravarga ko‘paygan (2016 yilda — 309, 2023 yilda — 623), internet nashrlar soni esa 88 %ga oshgan (2016 yilda — 395, 2023 yilda — 745).