1991 yilgacha qurilgan 17 mingta uy-joyni renovasiya qilish rejalashtirilmoqda. Buning uchun renovasiya jarayonlarini tartibga soluvchi alohida qonun ishlab chiqilgan.
📌 Yangi qonun loyihasida:
🔹 aholi roziligini olish tartibi;
🔹 kompensasiya va ko‘chirish masalalari;
🔹 investorlar majburiyatlari;
🔹 davlat organlari vakolatlari aniq belgilab qo‘yiladi.
Renovasiya doirasida eski uylar o‘rnida zamonaviy, energiya tejamkor va barcha zarur infratuzilmaga ega turar joylar qurilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, muhandislik tarmoqlarini yangilash, yashil hududlar va ijtimoiy ob’ektlarni kengaytirish ham ko‘zda tutilmoqda.