Bugun 7 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda “103” xizmatida “Online-shifokor” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda “103” xizmatida “Online-shifokor” tizimi joriy etiladi

Yurtimizda tez tibbiy yordam xizmati zamonaviy raqamlashtirish va xorijiy tajriba asosida takomillashtirilmoqda.

💻 Bu yil sohada elektron boshqaruv tizimi yo‘lga qo‘yildi va 2,4 ming nafar dispetcher o‘qitildi. Natijada chaqiruv manziliga kechikishlar 1,1% dan 0,3% gacha kamaydi.

📈 2017–2025 yillarda “103” shoxobchalari soni 818 tadan 1 680 taga, “tez yordam” brigadalari 1 648 tadan 2 865 taga yetdi. Bir chaqiruv uchun ajratiladigan dori mablag‘i 750 so‘mdan 11 800 so‘mgacha oshdi.

Brigadalarning chaqiruvga yetib borish vaqti 25–30 daqiqadan 10–15 daqiqagacha qisqardi.

2026 yildan “103” xizmatida aholi uchun “Online-shifokor” konsultasiyalari tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, elektron dasturlar shifoxonalar va birlamchi tibbiy muassasalar bilan to‘liq integrasiya qilinadi.

Kiritildi: 16:11 06.11.2025. O'qildi: 422 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!