Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonda 10 yilda o‘qituvchilar soni 170,9 ming nafarga oshgan

O‘zbekistonda 10 yilda o‘qituvchilar soni 170,9 ming nafarga oshgan

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yili boshiga, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning (o‘rindoshlarsiz) umumiy soni 564,9 ming nafarni tashkil etgan.

Ushbu ko‘rsatkich 2015/2016 o‘quv yili boshiga nisbatan taqqoslaganda 170,9 ming nafarga yoki 43,4 % ga oshgan.

Yillar kesimida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ta’lim berayotgan o‘qituvchilar (o‘rindoshlarsiz) soni:

— 2015/2016 o‘quv yili boshiga - 385 ming nafar;

— 2016/2017 o‘quv yili boshiga - 390,6 ming nafar;

— 2017/2018 o‘quv yili boshiga - 409,4 ming nafar;

— 2018/2019 o‘quv yili boshiga - 444,2 ming nafar;

— 2019/2020 o‘quv yili boshiga - 486,6 ming nafar;

— 2020/2021 o‘quv yili boshiga - 508 ming nafar;

— 2021/2022 o‘quv yili boshiga - 510 ming nafar;

— 2022/2023 o‘quv yili boshiga - 521,6 ming nafar;

— 2023/2024 o‘quv yili boshiga - 547,8 ming nafar;

— 2024/2025 o‘quv yili boshiga - 564,9 ming nafarni tashkil etgan.

Kiritildi: 23:22 20.05.2025. O'qildi: 891 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!