Bugun 4 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonda 1 iyuldan boshlab noshirlik va matbaa faoliyati uchun lisenziya talab qilinmaydi

O‘zbekistonda 1 iyuldan boshlab noshirlik va matbaa faoliyati uchun lisenziya talab qilinmaydi

O‘zbekiston Prezidentining «Noshirlik va matbaa sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2020 yil 16 martdagi qaroriga asosan noshirlik va matbaa faoliyati uchun lisenziya bekor qilingan. Vazirlar Mahkamasi «Noshirlik va matbaa faoliyatini boshlagani haqida vakolatli davlat organini xabardor qilish tartibi to‘g‘risida»gi nizomni tasdiqladi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi matbuot xizmati «Daryo»ga ma’lum qildi.

Nizomga ko‘ra, joriy yilning 1 iyuldan boshlab noshirlik faoliyati uchun lisenziya, matbaa faoliyati uchun ruxsatnoma talab etilmaydi.

Endilikda tadbirkor noshirlik yoki matbaa faoliyatini boshlaganidan keyin 10 kun ichida Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligiga xabarnoma yuborishi kifoya.

Xabarnoma yuborilganidan keyin bir ish kunida tasdiqnoma elektron ko‘rinishda xabardor qiluvchiga yetkaziladi.

Shu bilan birga noshirlik va matbaa sohasida amaldagi qonunchilik talablari saqlab qolinadi.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning dekabr oyida Toshkent shahrida Noshirlik-matbaa sohasida mutaxassislarni tayyorlash kollejining binosi kapital ta’mirdan chiqarilib, foydalanishga topshirilgandi.

Kiritildi: 00:32 24.06.2020. O'qildi: 2002 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!