Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston — Yangi Zelandiya uchrashuvini yamaykalik hakamlar boshqaradi

O‘zbekiston — Yangi Zelandiya uchrashuvini yamaykalik hakamlar boshqaradi

U-20 jahon chempionatining 2-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston — Yangi Zelandiya uchrashuviga hakamlar tayinlandi.

Mazkur bellashuvni yamaykalik Osheyn Entoni Neyshn boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Ajay Joan Duxan va Jasset Kerr-Uilson yordam beradi. To‘rtinchi hakam sifatida mavritaniyalik Abdulaziz Muxammad Buh ishlaydi.

VARda esa nikaraugalik Tatyana Auksiliadora Gusman Algera hamda fransuz Villi Delayod ish yuritadi.

"A" guruhidan o‘rin olgan mazkur ushrashuv ertaga – 23 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da start oladi.

Eslatib o‘tamiz, Argentinada start olgan U-20 jahon chempionatining ochilish uchrashuvida futbolchilarimiz mezbon terma jamoasi bilan kuch sinashdi. E’tiborli jihati, katta umid bilan qaralayotgan yoshlarimiz ushbu bahsda juda nomdor, shu bilan birga, mezbon bo‘lishiga qaramay Argentina darvozasini birinchi bo‘lib ishg‘ol qildi va hisobda oldinga chiqib oldi. Afsuski, mezbon jamoa darvozasi tomon belgilangan 11 metrlik jarima (penalti) VARdan keyin bekor qilindi. Argentinalik futbolchilar o‘yin davomida kambek ko‘rsatib, yakunda 2:1 hisobiga erishdi va guruh peshqadamiga aylandi.

Kiritildi: 13:45 22.05.2023. O'qildi: 1877 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!