Bugun 4 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston XX Osiyo o‘yinlarini 70 ta medal bilan 5-o‘rinda yakunladi

O‘zbekiston XX Osiyo o‘yinlarini 70 ta medal bilan 5-o‘rinda yakunladi

Yaponiyada 45 davlatdan 11 ming nafardan ziyod sportchi qatnashgan XX Osiyo o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Qit’aning eng yirik sport musobaqasida ishtirok etgan O‘zbekiston delegasiyasi tarkibida 396 nafar sportchi 42 sport turi bo‘yicha yurtimiz sharafini himoya qildi. Kutilganidek, sportchilarimiz musobaqalarda munosib ishtirok etib, jami 70 ta medal bilan umumjamoa hisobida 5-o‘rinni egalladi.

Aichi–Nagoya–2026 O‘zbekiston sportchilari uchun “Los-Anjeles–2028” Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik yo‘lidagi muhim bosqich bo‘ldi. Ayrim sport turlarida Olimpiada yo‘llanmalari uchun ham bahslar kechishi musobaqa ahamiyatini yanada oshirdi. Vakillarimiz musobaqa davomida 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Medallar jadvalida Xitoy 169 ta oltin, 89 ta kumush va 83 ta bronza medal bilan birinchi o‘rinni egalladi. Mezbon Yaponiya 83 ta oltin, 95 ta kumush va 91 ta bronza medal bilan ikkinchi, Janubiy Koreya 39 ta oltin, 43 ta kumush va 68 ta bronza medal bilan uchinchi bo‘ldi. Hindiston 21 ta oltin, 27 ta kumush va 37 ta bronza medal bilan to‘rtinchi o‘rindan joy oldi.

O‘zbekistondan keyingi o‘rinda Eron qayd etildi. Eronlik sportchilar 19 ta oltin, 18 ta kumush va 15 ta bronza medal bilan 6-o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston 2023 yil Xanchjouda o‘tkazilgan XIX Osiyo o‘yinlarida ham umumjamoa hisobida 5-o‘rinni egallagan edi. O‘shanda sportchilarimiz 22 ta oltin, 18 ta kumush va 31 ta bronza – jami 71 ta medal qo‘lga kiritgan.

Shunday qilib, O‘zbekiston bu gal oltin medallar soni bo‘yicha bitta kam natija qayd etgan bo‘lsa-da, umumiy medallar sonida 70 ta natija bilan 5-o‘rinni saqlab qoldi. 2023 yildagi 71 medal esa hozircha yurtimizning Osiyo o‘yinlaridagi eng yaxshi natijasidir.

Kiritildi: Bugun 17:16. O'qildi: 251 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!