Bugun 3 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston-Xitoy hamkorligida “Samarqand-2028” sun’iy yo‘ldoshi uchiriladi

O‘zbekiston-Xitoy hamkorligida “Samarqand-2028” sun’iy yo‘ldoshi uchiriladi

U paxta va don ekinlari vegetasiyasini monitoring qilish uchun mo‘ljallangan maxsus model bilan jihozlanadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan kosmik texnologiyalar sohasida yangi loyihalar amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, “Samarqand-2028” nomli sun’iy yo‘ldoshni Xitoy bilan hamkorlikda uchirish rejalashtirilgan.

Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekosning “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilishicha, sun’iy yo‘ldosh 2026 yilda Xitoy bilan hamkorlikda orbitaga chiqariladi. U paxta va don ekinlari vegetasiyasini monitoring qilish uchun mo‘ljallangan maxsus model bilan jihozlanadi. Bu texnologiya orqali spektral tahlil 22 spektr asosida joyida amalga oshiriladi, shuningdek, sun’iy intellekt modeli tasvirlarni tezkor qayta ishlash va aniq natijalarni olish imkonini beradi.

Mazkur sun’iy yo‘ldosh orqali olingan ma’lumotlar havo sifatini birlamchi baholash, qishloq xo‘jaligi ekinlari va o‘rmonlarni monitoring qilish, shuningdek, yer resurslarini samarali boshqarish uchun qo‘llanadi.

Shuningdek, 24 noyabr kuni “O‘zkosmos” va Xitoyning STAR.VISION kompaniyasi o‘rtasida strategik memorandum imzolangan. Tomonlar qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, ilmiy va texnologik integrasiyani kuchaytirish, universitetlar va kompaniyalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi. STAR.VISION o‘zining giperspektral sun’iy yo‘ldoshlaridan biriga “Samarqand-2028” nomini berishga rozi bo‘ldi va 2028 yilda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan Xalqaro Astronavtika Kongressini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Mazkur hamkorlik milliy paxta va bug‘doy xaritalarini yaratishda giperspektral ma’lumotlardan foydalanishni ham qamrab oladi.

Kiritildi: 14:38 02.12.2025. O'qildi: 316 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!