Bugun 14 fevral, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekiston Xalq artisti Jenisbek Piyazovga 15 daqiqada 4ta jarima keldimi?

O‘zbekiston Xalq artisti Jenisbek Piyazovga 15 daqiqada 4ta jarima keldimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Xalq artisti Jenisbek Piyazov tomonidan yo‘llangan video murojaat yuzasidan munosabat

Toshkent viloyati hududida yo‘l-transport hodisalarini oldini olish maqsadida stasionar (qo‘zg‘almas ustunlarga o‘rnatilgan) va mobil kompleksli (multiradar)lar hamda patrul avtomobillariga o‘rnatilgan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari faoliyat yuritmoqda.

Jenisbek Piyazov tomonidan yo‘llangan video murojaatda o‘ziga tegishli bo‘lgan transport vositasida bitta mobil kompleksli multiradar orqali unga 4 marotaba jarima belgilanganligini aytib o‘tilgan.

Aslida fuqoro Jenisbek Piyazovga tegishli bo‘lgan transport vositasi Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi D 012 “Bektemir sh. - Chorbog‘ qo‘rg‘oni” avtomobil yo‘lining 45 va 50 kilometrlaridagi qo‘zg‘almas ustunga o‘rnatilgan stasionar radarlar orqali va ushbu yo‘lning 24 va 31 kilometrlarida xizmat olib borayotgan 2 ta mobil kompleksli (turli xil avtomobillarga o‘rnatilgan) radarlar orqali yo‘l harakati qoidalarini ya’ni belgilangan tezlik me’yorlariga amal qilmasdan tezlikni oshirib harakatlanganligi qayd etilgan. Shu sababli qonunchiligimizda belgilangan tartibda har bir sodir etilgan huquqbuzarlik uchun alohida jarima qarorlari chiqarilgan.

Hurmatli fuqorolar shu sababli avtomobil yo‘llarida tezlik me’yorlariga amal qilishingiz talab etiladi. Zero tezlik me’yorlariga amal qilmaslik insonlar sog‘lig‘i va hayotiga ziyon yetishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 09:41 12.01.2025. O'qildi: 4887 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!