Bugun 31 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

O‘zbekiston Venesuelani mag‘lub etib, FIFA Series g‘olibiga aylandi

O‘zbekiston Venesuelani mag‘lub etib, FIFA Series g‘olibiga aylandi

Toshkentda FIFA Series 2026 xalqaro futbol turniri yakunlandi. Unda O‘zbekiston milliy jamoasidan tashqari Gabon, Trinidad va Tobago, shuningdek, Venesuela ham ishtirok etdi.

30 mart, dushanba kuni musobaqa g‘olibligi uchun O‘zbekiston va Venesuela o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tdi. Asosiy vaqt 0:0 hisobida yakunlandi.

Penaltilar seriyasida 5:4 hisobida O‘zbekiston terma jamoasi g‘alaba qozondi.

Guruhdagi ikkinchi bahsda Gabon penaltilar seriyasida Trinidad va Tobago ustidan 3:2 hisobida ustun keldi. Uchrashuv asosiy vaqti 2:2 hisobida yakunlandi.

Bu natijalardan so‘ng, O‘zbekiston 5 ochko bilan birinchi, Venesuela 4 ochko bilan ikkinchi, Gabon 2 ochko bilan uchinchi, Trinidad va Tobago 1 ochko bilan so‘nggi o‘rinni egalladi.

Kiritildi: 21:55 30.03.2026. O'qildi: 497 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!