Bugun 24 sentyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston va Turkiya huquqiy axborot sohasida hamkorlikni kengaytiradi

O‘zbekiston va Turkiya huquqiy axborot sohasida hamkorlikni kengaytiradi

Huquqiy axborotni aholiga tezkor va qulay yetkazish, qonunchilik bazalarini raqamlashtirish hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bugungi kunda huquqiy tizimni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan sanaladi. Bu borada xalqaro tajriba almashish yangi raqamli yechimlarni joriy etish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Turkiya Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari Burak Jeyhan boshchiligidagi delegasiyaning “Adolat” milliy huquqiy axborot markaziga tashrifi ham ana shu yo‘nalishda tajriba almashish va hamkorlikni rivojlantirish maqsadlariga qaratildi.

Tashrif davomida turkiyalik mehmonlarga Markazning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, huquqiy axborotni foydalanuvchilarga yetkazish tizimi, qonunchilik hujjatlarini rasmiy e’lon qilish amaliyoti va sohani raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, Turkiya delegasiyasiga Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi - Lex.uz, sun’iy intellekt texnologiyalari asosida ishlaydigan “LexAI” platformasi hamda yuridik xizmatlardan mustaqil foydalanish imkonini beruvchi “Yurxizmat.uz” axborot tizimining imkoniyatlari taqdim etildi.

Muloqot chog‘ida huquqiy axborotni tarqatish, qonunchilik hujjatlarini rasmiy e’lon qilish va sohaga raqamli texnologiyalarni tatbiq etish masalalari muhokama qilindi. Jumladan, O‘zbekistonning Lex.uz va Turkiyaning Mevzuat.gov.tr qonunchilik axborot platformalarini texnik va funksional jihatdan qiyosiy o‘rganish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Markaz axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro tajriba almashishni davom ettirish, huquqiy axborot sohasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda raqamli yechimlar bo‘yicha amaliy hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi.

Kiritildi: 16:57 23.09.2026. O'qildi: 286 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!