Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston va SOCAR Ustyurt platosida mahsulotni taqsimlash to‘g‘risida kelishuv imzoladi

O‘zbekiston va SOCAR Ustyurt platosida mahsulotni taqsimlash to‘g‘risida kelishuv imzoladi

Energetika vazirligi, “SOCAR” va “O‘zbekneftgaz” AJ o‘rtasida mahsulot taqsimotiga oid Bitim imzolandi, deb xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, bugun, 24 iyul kuni Energetika vazirligi, Ozarbayjon Respublikasining Davlat neft kompaniyasi (SOCAR) va “O‘zbekneftgaz” AJ o‘rtasida Ustyurt neft-gaz mintaqasidagi investisiya bloklarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va keyinchalik uglevodorodlarni qazib olishni nazarda tutuvchi mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi Bitim imzolandi.

Xabarda ma’lum qilinishicha, Bitim shartlariga muvofiq, 1000 kvadrat kilometrdan kam bo‘lmagan maydonda 3D seysmorazvedka ishlarini olib borish va natijalarga ko‘ra bitta quduqda geologiya-qidiruv ishlarini boshlash rejalashtirilgan. Sanoat ahamiyatiga ega uglevodorod konlari topilgan taqdirda, tomonlar ularni o‘zlashtirish va keyinchalik qazib olish bosqichiga kirishadi.

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning so‘zlariga ko‘ra, Ustyurt hududi yuqori istiqbolga ega va mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitim (MTB)ning imzolanishi uning samarali rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlarni ochadi.

Kiritildi: 17:03 24.07.2025. O'qildi: 530 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!