Bugun 4 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘zaro ikki tomonlama aviaqatnovlar sonini ko‘paytiradi

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘zaro ikki tomonlama aviaqatnovlar sonini ko‘paytiradi


Markaziy Osiyo – Xitoy (C5+1) fuqaro aviasiyasi sohasida hamkorlik bo‘yicha ishchi guruhining ikkinchi konferensiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi aviasiya ma’murlari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi.

Muzokaralar davomida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi muntazam aviaqatnovlar sonini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ushbu qadam transport qulayligini rivojlantirish, ishbilarmonlik va madaniy aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, ikki davlatning sayyohlik jozibadorligini oshirishga qaratilgan.

Erishilgan kelishuvlarga ko‘ra, ikki davlatning tayinlangan tashuvchilariga Olma-Ota – Toshkent va Nur-Sulton – Toshkent yo‘nalishlarining har biri bo‘yicha haftasiga 42 tagacha reysni amalga oshirishga ruxsat berildi. Qolgan barcha yo‘nalishlarda haftasiga 7 tagacha reys bajarishga ruxsat etildi.

Tomonlarning tayinlangan aviakompaniyalari O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi barcha kelishilgan yo‘nalishlar bo‘yicha muntazam parvozlarni amalga oshirgan taqdirda, parvozlarning ruxsat etilgan chastotasi haftasiga 238 ta reysni tashkil etadi.

Shuningdek, tomonlar mamlakatlar o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun belgilangan manzillar sonini ko‘paytirishga kelishib oldilar, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.

Kiritildi: 18:24 16.08.2025. O'qildi: 605 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!