O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev davlat tashrifi bilan mamlakatimizga kelgach, davlat rahbarlari “Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida qisqa uchrashuv o‘tkazdilar.
O‘zbekiston – Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tashrif dasturiga muvofiq, ertaga, 15 noyabr kuni, oliy darajadagi muzokaralar hamda Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Sammit doirasida yirik qo‘shma loyihalar ishga tushirilishi va ikki tomonlama hujjatlarning katta to‘plami imzolanishi kutilmoqda.