Bugun 31 iyul, 2026 yil, juma

КИР

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi Bitim imzolandi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi Bitim imzolandi



📃 2026 yil 30 iyul kuni Cho‘lpon-Ota shahrida o‘tkazilgan oliy darajadagi uchrashuv doirasida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘rtasida Davlat ijtimoiy sug‘urtasi va pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi Bitim imzolandi.

O‘zbekiston va Qirg‘izistonda ishlaganlar har ikki davlatdan pensiya olishi mumkin bo‘ladi.

Imzolangan bitimga ko‘ra, har bir davlat fuqaroning o‘z hududida to‘plagan mehnat staji uchun pensiyani mustaqil tayinlaydi va to‘laydi.

Fuqarolar esa boshqa davlatga ko‘chib o‘tgandan keyin ham tayinlangan pensiyasini olishda davom etishi mumkin.

Kiritildi: 18:58 30.07.2026. O'qildi: 392 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!