Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘zbekiston va Ozarbayjon U-20 jahon chempionatini birgalikda o‘tkazmoqchi

O‘zbekiston va Ozarbayjon U-20 jahon chempionatini birgalikda o‘tkazmoqchi

O‘zbekiston va Ozarboyjon futbol assosiasiyalari U-20 jahon chempionatini birgalikda o‘tkazish bo‘yicha FIFAga rasmiy ariza yubordi.

«FIFA 2027 yilda bo‘lib o‘tadigan U-20 jahon chempionati mezbonligiga nomzodlarni ko‘rib chiqishni boshladi. So‘nggi yillarda turkiyzabon mamlakatlarda futbol sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan sharoitlar hamda xalqaro maydondagi nufuzdan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston va Ozarboyjon futbol uyushmalari yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati mezbonligini yuqori saviyada o‘tkazishga ishonch bildirgan holda o‘z qo‘shma nomzodini ilgari surdi.

Bugungi kunda Ozarbayjon bilan birga O‘zbekiston ham nufuzli musobaqani qabul qilishga har tomonlama tayyor. So‘nggi yillarda stadionlar xalqaro standartlarga mos ravishda tartibga keltirildi. Qo‘shimcha ravishda, Osiyoning U-20, U-23 turnirlari, Markaziy Osiyo tarixida ilk bor o‘tkazilgan futzal bo‘yicha Jahon chempionati mezbonligi katta tajriba vazifasini o‘tadi. Ushbu mezbonlik FIFA prezidenti Janni Infantino tomonidan tarixdagi eng yaxshi mundial sifatida e’tirof etildi.

Yurtimiz har doimgidek o‘zining mehmondo‘stligi, professional yondashuvi, futbolga fidoyiligi va, albatta, futbolsevar muxlislarning mehri bilan butun dunyo e’tiborini qozonishga tayyor», — deb yozdi O‘FA matbuot xizmati.

Kiritildi: 16:41 07.07.2025. O'qildi: 608 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!