O‘zbekiston va Kot-d’Ivuar Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma kommyunike imzoladi.
Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatni O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Kot-d’Ivuarning BMTdagi doimiy vakili Tiyemoko Moriko imzoladi.
Shu tariqa Kot-d’Ivuar O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 160-davlatga aylandi.