Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekiston va Eron hamkorligi holati ko‘rib chiqildi

O‘zbekiston va Eron hamkorligi holati ko‘rib chiqildi

Investisiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Tehron shahrida Eron Islom Respublikasi birinchi vise-prezidenti Muhammad Rizo Orif va sanoat, kon va savdo vaziri Sayid Muhammad Otabak bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikning bugungi holati, jumladan amaldagi kelishuvlar va qo‘shma loyihalarn hayotga tatbiq etilishini ko‘rib chiqdilar. Ustuvor yo‘nalishlar belgilanib, o‘zaro savdo hajmini oshirish bo‘yicha qo‘shma qadamlar kelishib olindi. Asosiy e’tibor ikki davlat o‘rtasidagi imtiyozli savdo bitimi doirasida tadbirkorlar uchun imkoniyatni kengaytirish masalasiga qaratildi.

O‘zbekiston va Eron hamkorligi holati ko‘rib chiqildi

O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi 16-majlisi va 2025 yil birinchi choragida rejalashtirilgan qo‘shma biznes-forum muddati kelishib olindi.

O‘zbekiston va Eron hamkorligi holati ko‘rib chiqildi

Muzokara yakunida savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va transport sohalarida sheriklikni yanada rivojlantirish bo‘yicha erishilgan kelishuvlar to‘liq qamrab olingan bayonot imzolandi.

Kiritildi: Bugun 11:20. O'qildi: 323 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!