O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Turkiya IIV Polisiya tashkiloti vakillari o‘rtasida maslahatlashuv o‘tkazildi va 23 oktyabr kuni Anqara shahrida sodir etilgan terrorchilik hujumi va xavfsizlik nuqtai nazaridan Turkiyaning barcha hududlarida jamoat xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari kuchaytirilganligi o‘rganildi.
Shu munosabat bilan, vatandoshlarimizdan jamoat joylarida xushyorlikni oshirishlari va ehtiyot choralarini ko‘rishlari, ayniqsa aeroport, temir-yo‘l vokzali, avtoshohbekat, kemalar stansiyalarida, metro va boshqa jamoat transportida xavfsizlik qoidalariga amal qilishlari so‘raladi.
Turkiyadan chiqib ketish arafasida bo‘lgan fuqarolarimizdan aeroportlarga uchish uchun qayddan o‘tish (registrasiya) vaqtidan kamida 1 soat oldin yetib borishlari, shubhali buyumlar va shaxslar to‘g‘risida yaqin oradagi polisiya yoki xavfsizlikni ta’minlash (Özel güvenlik) bo‘linmalari xodimlariga xabar berish tavsiya etiladi.