Bugun 22 oktyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Eron ogohlantirmoqda...

Eron ogohlantirmoqda...

Eronning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi missiyasi Qo‘shma Shtatlar Isroilning Tehronga qarshi har qanday tajovuziga sherik bo‘lishini aytdi.

"Amerika Qo‘shma Shtatlari Isroilning Eron Islom Respublikasiga qarshi har qanday tajovuz harakatlarini qo‘zg‘atishdagi roli, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro tinchlik va xavfsizlik uchun halokatli oqibatlari uchun to‘liq javob beradi," - deyiladi Eron missiyasining BMT Xavfsizlik Kengashiga yo‘llagan maktubida.

Eronning doimiy vakolatxonasi AQSh prezidenti Jo Baydenni 18 oktyabr kuni Berlinda bo‘lib o‘tgan brifingda Isroil Eronning raketa hujumiga qanday va qachon javob berishini yaxshi tushunishini aytgan nutqi uchun "sukut bilan ma’qullash" va "Isroilning Eronga qarshi noqonuniy harbiy tajovuzini ochiqchasiga qo‘llab-quvvatlash"da aybladi.

BMTdagi Eron vakolatxonasi maktubida Xavfsizlik Kengashini bu befahm provokasiyani qat’iyan qoralashga, shuningdek AQShdan o‘zining sezilarli ta’siridan foydalanib, Isroilni G‘azodagi urushni va Livandagi hujumlarni darhol to‘xtatishga majbur qilishni talab etishga chaqirdi.

Kiritildi: Bugun 18:36. O'qildi: 2322 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!