Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Shunchaki daxshat: Falastin va Livan aholisini qirib tashlash Isroilga necha pulga tushayotgani ochiqlandi

Shunchaki daxshat: Falastin va Livan aholisini qirib tashlash Isroilga necha pulga tushayotgani ochiqlandi

Isroil harbiy xarajatlari oyiga 1,8 dan 4,7 mlrd dollarga oshdi.

2023 yil 7 oktyabrgacha Isroilning harbiy xarajatlari oyiga 1,8 mlrd dollarni tashkil etgan bo‘lsa, o‘tgan yil oxiriga kelib, Stokgolm xalqaro tinchlik tadqiqot institutiga ko‘ra, taxminan 4,7 milliard dollarni tashkil etgan.

Institut ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil o‘tgan yili o‘z harbiylarini moliyalashtirish uchun 27,5 mlrd dollar sarflagan.

Armiya vakilining ta’kidlashicha, SAXAL bir kunlik jang uchun yaqin vaqtgacha 400 million shekel (105,4 mln dollardan ziyodroq) sarflagan, ammo urush shimoldan Livangacha kengayishi bilan xarajatlar ortib, kuniga yarim milliard shekeldan (131 mln dollardan ziyodroq) oshgan. Va bu xarajatlar yaqin kelajakda ular yanada ko‘payishi mumkin.

Shu jumladan, sentyabr oyi boshidan, ayniqsa shimoliy frontda urush kengayganidan va 1 oktyabrda Livan janubida quruqlikdagi operasiya boshlanganidan keyin Isroil harbiy xarajatlari taxminan 6,8 mlrd dollarga oshgan.

Ynet nashrining yozishicha, birgina “Hizbulloh” yetakchisi Nasrullohni o‘ldirishga 6,8 mln dollar (taxminan 10 soniya vaqt va 80 tonna bomba), uning amakivachchasi Safi ad-Din o‘ldirilgani aytilayotgan hujumga esa 5,4 million dollar sarflangan.

Qayd etilishicha, Isroil iqtisodiyoti shimoliy va janubiy jabhalarda urushning yana uzoq davom etishiga dosh berishi qiyin bo‘ladi. Manbalarning fikricha, hukumat kelasi yil uchun harbiy byudjetni oshirish choralarini ko‘rishi kerak.

Kiritildi: 18:37 24.10.2024. O'qildi: 1092 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!