Bugun 9 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston o‘smirlari jahon chempionatida Irlandiyaga yutqazdi

O‘zbekiston o‘smirlari jahon chempionatida Irlandiyaga yutqazdi

Qatarda 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida jahon chempionati davom etmoqda.

J guruhida O‘zbekiston U17 jamoasi 8 noyabr kuni 2-tur doirasida Irlandiyaga 1:2 hisobida yutqazdi.

O‘yinning 19-daqiqasida Abubakir Shukurullayev darvozabon qaytargan to‘pni to‘rga yo‘llab, hisobni ochdi. Keyingi gollar irlandiyaliklar tomonidan bosh bilan urildi. 32-daqiqada Gredi Makdonnell, 75-daqiqada Maykl Nonan O‘zbekiston o‘smirlari darvozasini ishg‘ol qildi.

Guruhdagi ikkinchi o‘yinda Paragvay Panamani 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Bu natijalardan so‘ng, Irlandiya 6 ochko bilan guruhda yakka peshqadamlik qilmoqda. O‘zbekiston va Paragvay hisobida 3 ochko bor, Panama ochkosiz.

O‘zbekiston o‘smirlari guruhdagi yakuniy o‘yinni 11 noyabr kuni Panamaga qarshi o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, U17 jahon chempionatida 48 ta jamoa 12 ta guruhga ajratilgan. Guruhda 1- va 2-o‘rinni egallagan jamoalar 1/16 finalga chiqadi. Shuningdek, guruhlarda 3-o‘rinni egallagan jamoalardan yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lgan 8 tasi ham pley-offga yo‘l oladi.

FIFA U17 jahon chempionati

Qatar, Doha, Aspire akademiyasi maydoni

O‘zbekiston U17 – Irlandiya U17 1:2

Gollar: Abubakir Shukurullayev (19) – Gredi Makdonnell (32), Maykl Nonan (75)

Bosh hakam: Merife Abdu (Kamerun)

Kiritildi: 23:07 08.11.2025. O'qildi: 1355 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!