Bugun 14 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Osiyo chempionati finalida 3-marta ishtirok etadi

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Osiyo chempionati finalida 3-marta ishtirok etadi

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi (U16, U17) o‘z tarixida uchinchi marta Osiyo chempionati finaliga chiqdi. Avvalgi ikkita finalni biroz yodga olamiz.

2010 yil
Ilk marta Aleksey Yevstafeev boshqaruvidagi jamoa 2010 yili Toshkentda o‘tkazilgan turnir finaliga chiqib, KXDRga imkoniyatni boy bergandi. Bu jamoa safida Sardor Rahmonov, Abbos Maxstaliyev, Sardor Sobirxo‘jayev, Temur Hakimov, Zabihillo O‘rinboyev kabi o‘yinchilar to‘p tepgan.

2012 yil
Dilshod Nuraliyev boshchiligidagi jamoa Eronda o‘tkazilgan turnirda chempionlikni qo‘lga kiritgan. Jamoa finalda Yaponiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etgan — 3:1 (asosiy vaqt — 1:1). Vaholanki, bu jamoa guruhdan katta omad tufayli chorak finalga chiqqan edi. Bu jamoada Jamshid Boltaboyev, Akram Komilov, Doston Hamdamov, Otabek Shukurov, Javohir Siddiqov kabi futbolchilar keyinchalik katta futbol o‘z o‘rnini topdi.

Shuningdek, o‘smirlarimiz 2 marta Osiyo kubogi yarim finalida o‘z ishtirokini yakunlagan: BAA-2022 va Tailand-2023.

Kiritildi: 11:14 18.04.2025. O'qildi: 916 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!