Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston U23 terma jamoasi pley-offda qaysi terma bilan o‘ynaydi?

O‘zbekiston U23 terma jamoasi pley-offda qaysi terma bilan o‘ynaydi?

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Qatarda 23 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida futbol bo‘yicha Osiyo kubogi bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 2ta o‘yindan keyin pley-off bosqichi masalasini hal qildi. Timur Kapadze jamoasi 3-turni 23 aprel kuni Vyetnamga qarshi o‘tkazadi.

Mazkur o‘yinda durang o‘ynasak ham guruhda 1-o‘rinni egallaymiz. Shunda "S" guruhida 2-o‘rinni band etgan jamoa bilan chorak finalda to‘qnash kelamiz. Ko‘p ehtimol bilan bu Tailand yoki Iroq bo‘ladi. Tojikiston termasi bo‘lish ehtimoli ham bor.

Agar bu bosqichda o‘ta olsak, yarim finalda "V" guruhi g‘olibi / "A" guruhida 2-o‘rin juftligi g‘olibiga qarshi olimpiada yo‘llanmasi uchun jang qilamiz. "V" guruhi g‘olibligi uchun Janubiy Koreya va Yaponiya kurash olib borishmoqda.

Kiritildi: 20:36 21.04.2024. O'qildi: 3847 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!