Bugun 27 iyul, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston U23 terma jamoasi Parij olimpiadasiga Kanadalik o‘zbekni olib bormoqchi

O‘zbekiston U23 terma jamoasi Parij olimpiadasiga Kanadalik o‘zbekni olib bormoqchi

Gap Kamron Habibulloh haqida ketmoqda. Kamron 2003 yil 23 oktyabr kuni Toshkentda tug‘ilgan. Millati — o‘zbek. Keyinchalik esa oilasi bilan Kanadaga ko‘chib ketib, shu mamlakat fuqaroligini olgan.

Tvitterda "Scout in Eurasia" profili egasi xabar berishicha, futbolchi 17 yoshida Kanadaning «Vankuver Uaytkeps» klubi safida MLS chempionatida debyut qilgan.

Habibulloh «Sporting Kanzas Siti II» klubi safida MLS Next Pro chempionati doirasida 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan.

Kamron Kanada U17 terma jamoasi safida KONKAKAF U17 chempionati va U17 jahon kubogida qatnashib, 3 gol va 3 assist muallifi bo‘lgan.

Shuningdek, u Kanada U20 terma jamoasi safida KONKAKAF U20 chempionatida doirasida 3 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. Kamron ushbu yosh toifasida jamoa safida 2 ta o‘rtoqlik o‘yinida ham maydonga tushgan.

Ijobiy xislatlari: texnikasi yaxshi, yaxshi dribling egasi, to‘p bilan yaxshi muomala qiladi.

Tvitterdagi "Afghan Football" profili egasi yozishicha, Kamron Habibulloh asli afg‘onistonlik o‘zbek bo‘lib, uning oilasi Afg‘onistonning Farob viloyatida yashagan.

Kamron O‘zbekiston milliy terma jamoasida o‘ynashi uchun avval FIFAning ruxsatini olish talab etiladi. O‘FA Parij-2024 olimpiadasigacha ushbu ruxsatni olishga ulgurarmikan? Ko‘ramiz.

Kiritildi: 10:55 15.05.2024. O'qildi: 2698 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!