Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘zbekiston U23 terma jamoasi Osiyo kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston U23 terma jamoasi Osiyo kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Ravshan Haydarov boshqaruvidagi O‘zbekiston U23 terma jamoasi U23 Osiyo kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Bishkek mezbonlik qilgan "E" saralash guruhida Qirg‘iziston va O‘zbekiston terma jamoalari 7 ochko bilan 1 va 2-o‘rinni qo‘lga kiritishdi (O‘zbekiston bugun 3-tur doirasida Falastin ustidan qiyin g‘alabaga erishgan bo‘lsa, Qirg‘iziston Shri-Lanka 6:0 hisobida mag‘lub etdi).

Qirg‘iziston guruh g‘olibi sifatida qit’a chempionatiga chiqqan bo‘lsa, O‘zbekiston ikkinchi o‘rinni egallaganlar orasida eng yaxshi ko‘rsatkichga ega 4 ta jamoadan biri bo‘ldi.

O‘zbekiston U23 terma jamoasi Osiyo kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

U23 Osiyo kubogi musobaqasi 2026 yil 7-25 yanvar kunlari Saudiya Arabistonida o‘tkaziladi.

Kiritildi: 22:11 09.09.2025. O'qildi: 933 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!