Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Tojikistonni mag‘lub etib, muddatidan avval «CAFA U-20 Championship» g‘olibiga aylandi

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Tojikistonni mag‘lub etib, muddatidan avval «CAFA U-20 Championship» g‘olibiga aylandi

Jamoliddin Rahmatullayev boshchiligidagi O‘zbekiston U-20 terma jamoasi “CAFA U-20 Championship” musobaqasidagi navbatdagi uchrashuvda Tojikistonni yirik hisobda mag‘lub etdi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida har ikki jamoa ehtiyotkor o‘yin namoyish etdi. Tanaffusdan keyin esa o‘zbekistonlik futbolchilar tashabbusni to‘liq o‘z qo‘liga oldi. 51-daqiqada Abrayev penaltidan hisobni ochdi.

Bahsning so‘nggi daqiqalarida O‘zbekiston terma jamoasi ustunligini yanada mustahkamladi. Avvaliga To‘lqinbekov 90+2-daqiqada penaltidan aniq zarba yo‘llab, hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. Oradan ko‘p o‘tmay, Abrayev o‘zining ikkinchi golini urib, uchrashuvga nuqta qo‘ydi.

Shu tariqa, O‘zbekiston U-20 terma jamoasi musobaqadagi uchinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi va 4-tur bahsi natijasidan qat’i nazar turnir g‘olibiga aylandi. Boisi, ayni paytda 6 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turgan Tojikiston o‘zaro o‘yin natijasiga ko‘ra yoshlarimizdan o‘tib keta olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-20 terma jamoasi turnirdagi so‘nggi bahsini 19 may kuni Turkmaniston U-20 jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

CAFA U-20 Championship, 4-tur
O‘zbekiston U-20 — Tojikiston U-20 3:0
Gollar: Abrayev 51 (penalti), 90+6, To‘lqinbekov 90+2 (penalti).

Kiritildi: 23:27 17.05.2026. O'qildi: 202 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!