Toshkentda davom etayotgan Mirabror Usmonov kubogi-2026 turniri doirasida O‘zbekiston U-20 Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yin o‘tkazdi.
Bahsning asosiy vaqti 2:2 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida vakillarimiz 4:1 hisobida muvaffaqiyat qozondi.
O‘yin davomida yoshlarimiz ikki bor hisobda ortda qolayotgan bo‘lsa-da, yakunda hisobni tenglashtira olishdi.
Behruz Abdusattorov 42-daqiqada (penaltidan), Sadriddin Hasanov 70-daqiqada gol urdi.
Ilk turda futbolchilarimiz Armanistonni 5:1 hisobida mag‘lub etgan edi. Endi 3-turdagi raqib Rossiya bo‘ladi (6 oktyabr, 17:00).