Bu haqda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov va jamg‘arma prezidenti Aktoti Raimkulova o‘rtasidagi uchrashuvda e’lon qilindi.
“Tomonlar kelgusida hamkorlikni tizimli davom ettirish bo‘yicha qo‘shma taklif va tashabbuslar rejasini qabul qilishga kelishib oldi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi 2012 yilda turkiy xalqlarning madaniyati va tarixiy asrash hamda targ‘ib etish maqsadida tashkil etilgan. Hozirda Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Turkiya jamg‘armaning a’zo davlatlari hisoblanadi.