Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekiston turizm salohiyati “Bloomberg” mediaxoldingi platformalarida targ‘ib qilinadi

A A A
O‘zbekiston turizm salohiyati “Bloomberg” mediaxoldingi platformalarida targ‘ib qilinadi

O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shodiyevning London shahriga xizmat safari doirasidagi navbatdagi uchrashuv “Bloomberg” global media korporasiyasi Yevropa bo‘limi rahbari o‘rinbosari Lena Mas bilan bo‘ldi.

Uchrashuvda “Bloomberg” tomonidan olib borilgan monitoring natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyotning turli tarmoqlariga sarmoya jalb etish bo‘yicha yuqori salohiyatga egaligi, shuningdek, sayyohlar uchun qiziqarli yo‘nalish ekanligi ta’kidlandi.

Shuningdek, “Bloomberg” korporasiyasining xorijiy davlatlar bilan turizm masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik tajribasini inobatga olgan holda, mediaxolding platformalarida mamlakat turizmi va sarmoyaviy imkoniyatlarini reklama qilishni targ‘ib etish, O‘zbekiston bo‘yicha alohida kontentni birgalikda tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Kiritildi: 09:13 14.06.2024. O'qildi: 741 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!