Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston Tojikistonga ketayotgan fuqarolarni ogohlantirdi

A A A
O‘zbekiston Tojikistonga ketayotgan fuqarolarni ogohlantirdi

Tojikiston Respublikasining 2018-yil 2-yanvardagi 1471-sonli «Chet el fuqarolarining va fuqaroligi yo‘q shaxslarning Tojikiston Respublikasida xukukiy makomi» to‘g‘risidagi qonuniga muvofik, chet elliklar, shu jumladan O‘zbekiston fuqarolari ham Tojikiston Respublikasi davlat chegarasini kesib o‘tgan kundan boshlab 3 (uch) ish kuni mobaynida ro‘yxatdan o‘tishlari shart. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi

Tojikiston hududida o‘rnatilgan tartiblarga rioya qilmagan shaxslarga nisbatan Tojikiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan 4000 somonidan 4500 somonigacha miqdorida jarima jazosi qo‘llaniladi.

Batafsil ma’lumotni O‘zbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi Elchixonasi rasmiy veb-sahifasidan (www.tadjikistan.mfa.uz) yoki Elchixonaning konsullik bo‘limiga quyidagi telefon orqali murojaat qilib olish mumkin: +992 (37) 224- 75-42.

Kiritildi: 02:26 15.05.2018. O'qildi: 1655 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik