Ma’lumki, pandemiya sababli shu kunga qadar talabalar Tojikiston Respublikasiga faqatgina “Sariosiyo”, “Oybek” va “Plotina” chegara o‘tkazish punktlari orqali harakatlanishi mumkin edi.
Masofaning uzoqligi o‘z navbatida Samarqandlik talabalarga qiyinchilik tug‘dirayotgan edi. Ko‘pchilik talaba-yoshlarning murojaatlari inobatga olinib, joriy yilning 17 fevral kunidan talabalar Urgut tumanida Tojikiston Respublikasi bilan chegarada joylashgan “Jartepa” chegara bojxona posti orqali harakatlanishlariga ruxsat berildi.
Eslatib o‘tamiz, post orqali hozircha faqat Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlarining eksport-import operasiyalarini amalga oshirishlari uchun xalqaro yuk tashuvchilarning yuk avtotransport vositalari hamda talabalar harakatlanishi belgilangan.