Bugun 11 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston TIV milliy terma jamoa futbolchilari tekshirilgani yuzasidan AQShga rasmiy so‘rov yubordi

O‘zbekiston TIV milliy terma jamoa futbolchilari tekshirilgani yuzasidan AQShga rasmiy so‘rov yubordi


Qo‘shma Shtatlarning Nyu York shahrida O‘zbekiston va Niderlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan milliy terma jamoamiz futbolchilari va murabbiylar shtabi a’zolari qat’iy xavfsizlik tekshiruvidan o‘tkazilgan edi.

Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Omonulla Fayziyevning ma’lum qilishicha, holat yuzasidan O‘zbekistonning Nyu Yorkdagi bosh konsulxonasi orqali Qo‘shma Shtatlarning tegishli idoralari bilan aloqa o‘rnatilgan va vaziyat bo‘yicha rasmiy tushuntirish so‘ralgan.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda 8 iyun kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuv oldidan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari metallodetektorlari yordamida tekshirilgani aks etgan videolar tarqalgandi. Xavfsizlik xodimlari futbolchilar va murabbiylardan sumkalar hamda sport anjomlarini yerga qo‘yishni so‘ragan. Hududda xizmat iti bilan kinolog va boshqa xavfsizlik xodimlari ham bo‘lgan. Vaholanki jamoa aeroportda tekshiruvdan o‘tib kelgan bo‘lgan.

Kiritildi: Bugun 08:36. O'qildi: 406 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!