O‘zbekiston milliy terma jamoasi noyabr oyidagi FIFA kunlari doirasida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoamizning raqiblari, o‘yin sanalari va boshlanish vaqtlari ma’lum qilindi.
Dastlab "Oq bo‘rilar" 12 noyabr kuni Rossiya terma jamoasini qabul qiladi. Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida o‘tadigan bahs soat 20:00 da start oladi.
Oradan besh kun o‘tib, 17 noyabrda futbolchilarimiz Qatar poytaxti Dohada Saudiya Arabistoniga qarshi kuch sinashadi. Ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:30 da boshlanadi.
O‘rtoqlik uchrashuvlari:
12 noyabr, 20:00. O‘zbekiston – Rossiya
17 noyabr, 20:30. O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni