Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasining 3 nafar futbolchisi: Jaloliddin Masharipov ("Istiqlol"), Oston O‘runov ("Persepolis") va O‘tkir Yusupov ("Fulad") hozirda faoliyatini Eron chempionatida davom ettirmoqda.
Jurnalist Narzulla Saudullayev o‘z telegram-kanalida hozirda ko‘pchilikni qiziqtirgan savolgan javob berdi.
"Eron klublarida o‘ynayotgan o‘zbekistonlik futbolchilarning hech biri ayni paytda Eronda emas. Hozir Eron chempionatida mavsumlar oralig‘i va klublar ta’tildi", - deb yozdi jurnalist.
Yaqinda yuqoridagi futbolchilarimiz milliy jamoamiz bilan JCH-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.