Eron Pro-ligasining 27-turidan o‘rin olgan "Persepolis" – "Sepahon" uchrashuvida "qizillar" yarim himoyachisi Oston O‘runov yana jarohat oldi.
Eron OAV xabariga ko‘ra, 24 yoshli futbolchimiz bu safargi jarohati sabab 3 haftani o‘tkazib yuboradi.
Oston joriy mavsumda barcha turnirlarda jami 23 ta o‘yinda 3 ta gol urib, 1 ta assist berdi.