Bugun 2 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston terma jamoasi JCh oldidan Rossiya bilan o‘ynaydimi?

O‘zbekiston terma jamoasi JCh oldidan Rossiya bilan o‘ynaydimi?

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 oldidan Rossiya bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishni rejalashtirmayotganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor 2026 yilning yozida jahon chempionatida ishtirok etadi. Rossiya 2022 yildan beri FIFA va UYEFA shafeligidagi turnirlardan chetlatilgan.

"Yo‘q, bunday variant ko‘rib chiqilmayapti," - deya javob berdi Ermatov jahon chempionati oldidan terma jamoalar o‘rtasidagi o‘yin o‘tkazilishi mumkinligi haqidagi savolga.

Bungacha O‘zbekiston va Rossiya jamoalari bir marta to‘qnash kelgan. 2022 yilning noyabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvi 0:0 hisobida yakunlangandi.

Kiritildi: 23:56 01.02.2026. O'qildi: 248 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!