Bugun 1 fevral, 2026 yil, yakshanba

КИР

FVB Qamashi tumanida sodir bo‘lgan holatni bartaraf qilmoqda

FVB Qamashi tumanida sodir bo‘lgan holatni bartaraf qilmoqda

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanining eng olis hududlaridan biri bo‘lgan “Qiziltepa” MFY Qiziltom qishlog‘ida so‘nggi kunlarda yog‘gan qalin qor oqibatida Maydanak observatoriyasi va Qiziltom qishlog‘i o‘rtasidagi avtomobil yo‘lida harakat cheklanib qolgan. Ushbu vaziyatni bartaraf etish maqsadida, viloyat hokimi rahbarligida Qashqadaryo viloyati FVB va boshqa tegishli tashkilotlardan iborat ishchi guruh tashkil etilgan.

Qashqadaryo viloyati FVB boshlig‘i polkovnik Farhod Mirzayev boshchiligida shaxsiy tarkib va maxsus texnikalar, greyderlar, buldozerlar va boshqa maxsus texnikalar yordamida sodir bo‘lgan mazkur vaziyatni bartaraf etish uchun yo‘lni qordan tozalash ishlari olib borilmoqda.

Ushbu vaziyatni bartaraf etish uchun yetarli kuch va vositalar jalb qilingan. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.

Kiritildi: Bugun 08:37. O'qildi: 533 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!