Kecha Eronning ikkita shahrida portlashlar sodir bo‘ldi, natijada halok bo‘lganlar va yaralanganlar bor.
Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.
Mashregh nashrining so‘zlariga ko‘ra, Eronning g‘arbiy qismidagi Ahvaz shahrida sodir bo‘lgan portlash oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgan va besh kishi jarohatlangan. Xabarlarga ko‘ra, qutqaruvchilar vayronalar ostidan tirik bolani olib chiqishga muvaffaq bo‘lishgan.
Bandar-Abbos portidagi turar-joy binosida sodir bo‘lgan portlash oqibatida bir kishi halok bo‘ldi va 14 kishi jarohat oldi, deb xabar beradi Tasnim News.