Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi 3-4 oyni o‘tkazib yuborishi mumkin

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi 3-4 oyni o‘tkazib yuborishi mumkin

Yaqindagina O‘zbekiston terma jamoasi markaziy himoyachisi Rustam Ashurmatov Qozonning "Rubin" klubidan Tehronning "Istiqlol" jamoasiga o‘tgan edi. Futbolchimiz yangi jamoasidagi ilk nazorat o‘yinidayoq jarohat oldi.

Ashurmatov taxminan 10 kunlik davolanishdan so‘ng yana tekshiruvdan o‘tdi va uning tizzasidagi jarohat avval o‘ylanganidan ham jiddiyroq ekani ma’lum bo‘ldi. Endi uning to‘liq sog‘ayishi kamida 6 haftadan ko‘proq vaqt talab qiladi.

"Istiqlol" shifokorlari bir nechta tizza bo‘yicha mutaxassislar bilan maslahatlashishdi. Haligacha to‘suvchi bog‘lamning uzilishi aniq tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, ichki bog‘lamning shikastlanishi futbolchini 3–4 oygacha maydondan uzoqlashtirishi mumkin.

Kiritildi: 23:52 28.07.2025. O'qildi: 1148 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!