AQShning Migrasiya va bojxona nazorati xizmati (ICE) byurokratik xatolik tufayli 2022 yilda sodir etilgan va mamlakat tarixidagi eng yiriklardan biri hisoblangan — taxminan 100 million dollarlik qimmatbaho buyumlar o‘g‘irlanishi ishida gumon qilingan shaxsni deportasiya qildi.
Gap Meksika fuqarosi Xeson Nelon Presilya Flores haqida bormoqda. U inkassatorlik yuk mashinasini talon-toroj qilishda ishtirok etganlikda gumon qilingan. O‘sha paytda zargarlik buyumlari, oltin va elita soatlar o‘g‘irlangan edi.
Flores 2025 yil yozida qo‘lga olingan, ammo ish sudga yetkazilmagan. Dekabr oyida ICE uning “ixtiyoriy chiqib ketishi”ni ma’qullab, prokurorlarni xabardor qilmasdan AQShdan chiqarib yuborgan. Natijada u Ekvador hududiga chiqib ketgan.
2026 yil yanvar holatiga ko‘ra, o‘g‘irlangan qimmatbaho buyumlarning aksar qismi hanuz topilmagan. Tergovga ko‘ra, buyumlarning qayta sotilishi yoki metalllarning eritib yuborilishi qaytarish jarayonini qiyinlashtirmoqda.
Himoya tomoni ishni yopishni talab qilmoqda, prokuratura esa Flores AQShga qaytarilsa, jinoiy ta’qib qayta tiklanishi mumkinligini bildirgan.