AQShning Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi hujjati to‘liq tayyor va Kiyev uni imzolash sanasi va joyini tasdiqlashni kutmoqda.
Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Litva poytaxtiga tashrifi chog‘ida matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Ukraina rahbari 24 yanvar kuni Abu-Dabida Rossiya bilan muzokaralar olib borilganda ma’lum yutuqlarga erishganini ta’kidladi. "Biz uchun xavfsizlik kafolatlari, birinchi navbatda, Qo‘shma Shtatlarning xavfsizlik kafolatlaridir. Hujjat 100 foiz tayyor va biz sheriklarimizdan uni imzolash sanasi va joyi bo‘yicha tasdiqni kutmoqdamiz", deb ta’kidladi Zelenskiy.
U shuningdek, imzolangandan so‘ng hujjat ratifikasiya qilish uchun AQSh Kongressi va Ukraina Parlamentiga yuborilishini e’lon qildi.